O‘z farzandini 10 ming dollarga sotayotgan bag‘ritosh ona qo‘lga tushdi
Odam savdosi - asr muammosi. Bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish borasida dunyo hamjamiyati tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Afsuski, olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan, Sirdaryo viloyatida ham odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar uchrab turmoqda.
Jumladan, joriy yilning 5 may kuni Boyovut tumani Laylakko‘l mahallasida fuqaro E.Sh. chaqalog‘ini fuqaro R.G.ga 10.200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Voqea joyida gumonlanuvchidan 10.200 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati.
Mazkur holatga ko‘ra, fuqaro E.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.