“O‘zavtoyo‘l-maxsus trans” korxonasida “Xotira monumenti” ochildi

Samarqand shahridagi “O‘zavtoyo‘l-maxsus trans” korxonasida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira monumenti” ochildi.

Korxona ishchi-xizmatchilari, sohada ko‘p yillar mehnat qilgan faxriylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqan korxona boshlig‘i A.Hasanov, faxriylar A.Mo‘talibov, A.Kozimov va boshqalar o‘tganlarning xotirasini yod etish, ularga hurmat, ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biri ekanini ta’kidlab, ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan qutlug‘ Ramazon oyida ado etilgan bunday ezgu amallar o‘zgacha ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.

Mazkur majmuada korxonada samarali mehnat qilgan 200 nafarga yaqin fidoyi insonlar nomi bitilgan. 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga iftorlik dasturxoni ham yozildi.