«O‘zavtoyo‘lbelgi» 2 mlrd. 701 mln. so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan
Huquq-tartibot idoralari tomonidan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi «O‘zavtoyo‘lbelgi» davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi.
«Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, «O‘zavtoyo‘lbelgi»ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.
Ammo DUK mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MChJ bilan jami 9 mlrd. 193 mln. so‘mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd. 701 mln. so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.
Holat yuzasidan «O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK va 5 ta MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.