O‘zbek futboli rivojiga munosib hissa qo‘shgan samarqandlik faollar taqdirlandi

Bugun “Dinamo” o‘yingohida o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan  bayram tadbirlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi futbol faxriylari, futbol rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutaxassislar Samarqandga keldi.

Mehmonlarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qabul qildi.

Uchrashuv davomida viloyatning futbol tarixi, rivoji, millionlar o‘yinining istiqboldagi taqdiri xususida fikr yuritildi.

Shundan so‘ng, Ravshan Ermatov mamlakatimizda futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda futbolni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faollarga “O‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan faxriylar va soha mutasaddilarga esdalik sovg‘alari berildi.

Tashrif davomida mehmonlar viloyatdagi futbol akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.