O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi

Kecha, 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya. Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya.
BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a’zo. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.