"O‘zbekiston kelajagiga, deputatlikka munosib nomzodlarni saylashga befarq emasman"

Bugun yoshu qari o‘z konstitutsion burchidan foydalanib, yurt kelajagi uchun saylovda ovoz bermoqda. Lyudmila Petrova Samarqand shahridagi Shukrona mahallasida yashaydi. U 80 yoshga kirayotgan bo‘lsa-da, jamiyatdagi siyosiy jarayonlarga befarq emas. Shuning uchun saylovda ishtirok etish uchun 100-saylov uchastkasiga keldi.

- Ko‘p millatli, bag‘rikeng mamlakatda o‘z huquqlarimdan samarali foydalanib kelayotganimdan xursandman, - deydi L.Petrova. – Prezident, deputat saylashdek fuqarolik imkoniyatimdan shu paytgacha 11 marta foydalanganman. Bu yilgi saylovlar avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Har bir saylovchi o‘zi uchun munosib bo‘lgan nomzodlarga ovoz beryapti. Men ham bugun Vatanimiz kelajagi uchun saylov uchastkasiga kelib, o‘zim istagan nomzodga ovoz berdim.

Turmush o‘rtog‘im betobligi uchun saylovga kelolmaydi. Bu haqda saylov komissiyasi a’zolariga ma’lum qildim va ular ko‘chma saylov qutisi bilan uyimizga borishini aytdi.

To‘lqin Siddiqov.