O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha komissiya tarkibi e’lon qilindi
Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha komissiya tuzildi va uning a’zolari ma’lum qilindi.
Komissiyaga Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Akmal Saidov rais bo‘ldi. Komissiyaning matbuot kotibi etib Odiljon Tojiyev tayinlandi. Kengash tarkibidan 46 nafar deputat va senatorlar joy olgan.
Komissiyaga aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish borasida vazifalar qo‘yildi.
Qo‘shimcha qilinishicha, komissiya raisi o‘rinbosarlari etib:
- «O‘zLiDeP» fraksiyasi rahbari Akmal Hayitov;
- «Milliy tiklanish» fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov;
- Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengesi raisi Murod Kamolov;
- Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov tasdiqlandi.