O‘zbekiston mayizi va bodomi Londonda
Kecha feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Londondagi savdo markazlaridan birida O‘zbekiston qora mayizi va bodomi sotilayotgani haqidagi xabarni o‘z sahifasiga joyladi.
Sotuvchi hayit kunlari 100 kilogramm bodom va 60 kilogramm mayiz sotganini aytdi. "Savdo yaxshi bo‘layapti, - degan sotuvchi. - Do‘kon katta emas, ammo bemalol savdo qilish mumkin.
"Endi ovora bo‘lib ko‘tarib yurmasdan shu yerdan olaverasan", deydi afg‘on sotuvchi.
"Mayizni kilosi 8.99 funt, bodom 12.99 funt" deb yozgan u o‘z sahifasida.
Xabar beruvchining yozishicha, mayiz Samarqand viloyatida yetishtirilgan.
Demak, yurtimizda yetishtirilgan tabiiy mahsulotlarni Yevropa bozorlarida sotib, yurtimizga valyuta tushirish imkoniyati bor. Faqat bunga hafsala qilish va hisob-kitobni joyiga qo‘yish kerak, xolos.