London Rossiyani vaksina haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinishda aybladi

Buyuk Britaniyaning Kiber xavfsizlik markazi Rossiya bilan aloqador bo‘lgan xakerlar AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadadan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga harakat qilganini ta’kidladi.

Ma’lumotga ko‘ra, kiber josuslik bilan shug‘ullanuvchi ART29 yoki Dukes va Cozy Bear guruhlarining Rossiya razvedkasi uchun ishlash ehtimoli yuqori. Ular joriy yil davomida vaksina ishlab chiqarish ishlarini olib borayotgan turli tashkilotlarga kiber hujumlar uyushtirib kelgan.
Ushbu ayblovga javoban Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva ilmiy-tekshirish markazlari kompyuterlarini kimlar buzib kirishga harakat qilganini bilmasligini va kiber hujumlarga Kremlning aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.