O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 5-o‘rinda
“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.
🌐 O‘zbekiston 99 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan reytingda AQSh, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan keyingi pog‘onani band etgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) 2020/2021 ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball to‘plagan holda reytingda 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni va Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagandi.
👉 Shuningdek, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi.
📊 Mamlakatimiz Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da maksimal 100 balldan 67,8 ballni qo‘lga kiritib, reytingda 61 o‘rinni egallagan.