O‘zbekiston OTJ Janubiya Koreyadan mag‘lub bo‘ldi. Ammo chorak finalga chiqdi
Biroz avval Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining “S” guruhidan o‘rin olgan bahslar yakunlandi. So‘nggi turda O‘zbekiston OTJ koreyalik raqiblariga qarshi maydonga chiqdi. Murosasiz kechgan bahs koreyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab 5-daqiqadayoq raqiblar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 21-daqiqada Bobir Abduxoliqov uchrashuvda muvozanatni tikladi. Biroq ikkinchi taymda koreyaliklar hujumchisi Ox Sexun darvozamizni ishg‘ol qildi.
Shu tariqa Janubiy Koreya termasi 9 ochko bilan “S” guruhini birinchi o‘rinda yakunladi. Vakillarimiz esa 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, chorak final ishtirokchisiga aylandi. Musobaqada Eron terma jamoasi ham 4 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. To‘plar nisbati borasidagi ustunlik vakillarimizga foyda berdi. Shu tariqa Xitoy va Eron termalari musobaqani shu nuqtada yakunlashdi.