O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi 10 maydan boshlandi — MSK

10 may kuni Markaziy saylov komissiyasi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldingi O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun kampaniya boshlangani haqidagi qarorni qabul qildi.

Partiyalar o‘z vakolatlari vakillarini ro‘yxatga olish uchun 13 maygacha murojaat qiladi. Saylovda ishtirok etish uchun hujjatlarni esa 15 maygacha MSKga yuborishi kerak. 17 maydan 1 iyungacha partiyalar o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin. Nomzodni ro‘yxatga olish haqidagi hujjatlarni taqdim etish — 2 iyun kuni yakunlanadi.

MSK tomonidan prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6 iyungacha amalga oshiriladi.