O‘zbekiston Respublikasini uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 oktyabr kuni maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatimizda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.
Chuqur va har tomonlama tahlil asosida, ilg‘or xalqaro amaliyot va tajribani hisobga olgan holda O‘zbekistonda yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.