O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya Osiyo va Yevropa o‘rtasida xalqaro multimodal transport yo‘lagini shakllantirish yuzasidan kelishib oldi
Mamlakatlar vakillari yo‘lakni shakllantirish bo‘yicha bayonnoma imzoladi. Hujjatda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan:
➖ Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish;
➖ raqobatbardosh tarif stavkalarini qo‘llash hamda O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temir yo‘llarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish;
➖ yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlarni tashkil etishda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birxillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish;
➖ yo‘lak ishtirokchi-davlatlari o‘rtasida transport sohasidagi bog‘liqlikni oshirish.