O‘zbekiston va Qozog‘iston Bosh vazirlari Maqtaaral tumanida yangi aholi punkti qurilishiga start berishdi

Maqtaaral tumanining ma’muriy markazi - Mirzakent qishlog‘ida Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov yangi mikrorayon qurilishining rejasi bilan tanishib, birinchi turar-joy binolarining poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Mirzakent posyolkasida toshqindan jabr ko‘rgan Zenis, Janaturmis va Dostik aholi punktlarida 500 oilalar uchun yakka tartibdagi turar-joylar, maktab, bolalar bog‘chasi va o‘rta tibbiyot markazlarini qurish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari Qozog‘iston va O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.