O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon olamdan o‘tdi
Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Anvar Obidjon olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan.
ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. "Ona yer", "Ey, Yorug‘ dunyo", "Olovjon va uning do‘stlari", "Bezgakshamol", "Akang qarag‘ay Gulmat", "Masxaraboz bola", "Juda qiziq voqea", "Yerliklar", "Meshpolvonning janglari", "Alamazon va Gulmat hangomasi", "Ajoyibxona", "Oltiariq hangomalari", "Odobli bo‘lish osonmi?", "Tanlangan she’rlar", "O‘g‘irlangan pahlavon", "Bahromning hikoyasi" kabi doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifidir.
Uning "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi", "Topsang hay-hay", "Qorinbotir", "To‘tiqul" kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan.
Adib 1997 yilda “Shuhrat“ medali, 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.