O‘zbekistonda 600 ming gektar maydonda chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda
- 25.05.2020 21:00
- 631
- O‘zbekiston

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «Agrokimyohimoya» AJ, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish institutining «Chigirtkalarni o‘rganish laboratoriyasi» hamkorligida hududlarda zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari davom ettirilmoqda, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Tadbirlarda zararli chigirtkalar tarqalgan maydonlarni aniqlash, kimyoviy ishlovdan o‘tkazish talab etiladigan maydonlarni belgilash hamda zarur bo‘ladigan kimyoviy preparatlar, texnikalar va yordamchi vositalar bilan maxsus ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu tadbirlarga 640 yaqin mutaxasislar 148 ta traktor, 325 ta qo‘lpurkagich, 8 ta motodel’taplan, 26 ta maxsus mashina jalb qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ibratli voqea: Ehson
- 1 soat avval
- Mutolaa
Kattaqo‘rg‘onda yana qulupnay pishdi
- 1 soat avval
- Qishloq xo'jaligi
Mutolaa: Snayper (hikoya)
- Bugun, 13:53
- Mutolaa
Sevgi sababli ta’limdan voz kechish kerakmi?
- Bugun, 13:49
- Jamiyat