O‘zbekistondagi 327,4 ming gektar yer maydonida zararli chigirtka tarqalgani aniqlandi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalar kirib kelishining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, joriy yilda zararli chigirtkalarning respublikamiz hududiga kirib kelishining oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarning 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.
Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.
Yana bir muhim jihat, bu kabi ezgu amallar qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Jumladan Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston Respublikalari shular jumlasidandir.