O‘zbekistonda AI-80 benzinidan voz kechish rejalashtirilyapti

O‘zbekiston hukumati 2026 yilgacha “AI-80” benzini ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi.

Buni elektromobillarni ommalashtirish va ular uchun infratuzilmani yaratish, “AI-92” benzini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, gaz quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.

2026 yilgacha “AI-80” bosqichma-bosqich to‘xtatilib, yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish hajmilari oshiriladi. Shu maqsadda Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarini “Yevro-5” va “Yevro-6” benzin ishlab chiqarishga o‘tkazish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan.