O‘zbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal ochilishi mumkin
Maktabgacha ta’lim vazirligida bolalar uchun yana bir telekanal tashkil etish va taniqli koreys teleradiokompaniyasi EBS bilan hamkorlikda zamonaviy ta’lim media-kontentlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda bolalar uchun ta’lim telekanali tashkil etish istiqbollari, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy ta’lim media-kontentlari yaratish imkoniyatlari, malakali media-mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’limiy dasturlar saqlanuvchi data-markaz tashkil etish, MTV mutaxassislarining Koreyaning ta’limiy dasturlar uzatuvchi tizimida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida so‘z bordi.
MTV Bosh boshqarma boshlig‘i Yelena Gerasimovna Ten so‘zlariga ko‘ra, vazirlik EBS mutaxassislarining shunchaki ko‘ngilochar emas, shuningdek interaktiv ta’lim kontentlarini yaratishdagi tajribasiga e’tibor qaratmoqda.
2019 yil aprel oyida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.
Manba: mdo.uz