O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlari va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlari va mol-mulki deklaratsiya qilinadi
O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari daromadlari va mol-mulki deklaratsiya qilinadi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi.
Davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi. 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisob raqamlarini ochish, naqd pul mablag‘larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Mansabdorning o‘z shaxsiy manfaati majburiyatlarini ob’yektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi. Uni oshkor qilish va oldini olish bo‘yicha chora ko‘rmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash;
korrupsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;
korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash;
«Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida»gi;
«Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida»gi.