O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarilmoqda
- 23.09.2019 12:09
- 256
- Iqtisodiyot
Markaziy bank 24 sentyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13,24 so‘mga oshdi va 9 424,54 so‘mga yetdi.
Yevro kursi esa 38,11 so‘mga tushib, 10 383,02 so‘mni tashkil qilmoqda.
Rossiya rubli 1,04 so‘mga pasaydi va 1 329,10 so‘m etib belgilandi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
