O‘zbekistonda kambag‘allik 11 foizga kamaygan

16 mingta uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2023 yil yakunida 11 foizgacha pasaygan.

Ushbu raqamlar Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Statistika agentligining 2023 yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tahlilida qayd etildi.
Jahon banki ekspertlari xulosalariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga qisqargan (2022 yilda kambag‘allik darajasi 14 foiz).
Kambag‘allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etilgan. Jumladan, Sirdaryo (19,5 foizdan 13,8 foizgacha), Andijon (17,4 foizdan 11,9 foizgacha) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (19,9 foizdan 13,7 foizgacha) sezilarli darajada qisqargan. Minimal o‘zgarishlar Toshkent shahri (8,5 foizdan 7,9 foizgacha) va Buxoro (11,9 foizdan 11,8 foizgacha), Qashqadaryo (12,7 foizdan 11,5 foizgacha) viloyatlarida aniqlangan.