“Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot” anjumani ishtirokchilari - Samarqandda
Xalqaro konferensiya ishtirokchilarini Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov kutib oldi.
O‘zbekiston tajribasini o‘rganish bilan amaliy tanishtirish jarayonida “Mahallabay” dasturi davomida ishtirokchilar Samarqand tumanidagi "Konigil" turistik qishlog‘i va Konigil mahallasiga tashrif buyurdi. U yerda qishloqning kambag‘allikka qarshi olib borgan siyosati va amaliyoti bilan tanishdi.
Ta’kidlash kerak, "Konigil" turistik qishlog‘i va mahallasida kambag‘allikka qarshi chora-tadbirlar olib borilmoqda. Ish bilan ta’minlash maqsadida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun dasturlar ishlab chiqilgan. Turizmni rivojlantirish uchun mehmonxona va infratuzilma ob’yektlari qurilmoqda, bu aholining daromadini oshirishga yordam beradi.
Shuningdek, turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash uchun treninglar o‘tkazilmoqda. Ijtimoiy dasturlar orqali ijtimoiy ta’minot va tibbiy xizmatlar yaxshilanmoqda. Jamoatchilikni faollashtirish uchun turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar mahallada kambag‘allikni kamaytirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.
Xorijlik mehmonlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan ekspertlar tizimni mahalliy hamjamiyat darajasida o‘rganish kirishdi, shuningdek, ishtirokchilar kambag‘allikni bartaraf etish sohasidagi amaliy ishlar bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari «Konigil meros» xususiy korxonasida bo‘ldi. Bu yerda qadimgi an’analar asosida dunyoga mashhur Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish, shuningdek, o‘simlik yog‘i tayyorlash texnologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.