Yil yakunigacha respublikamizda 127 500 ta oila kambag‘allikdan chiqariladi
- 07.11.2023 16:40
- 87
- Jamiyat
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha reglament tasdiqlandi.
Yil yakuniga qadar respublikamizda 127 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda Xalqaro mehnat tashkilotining "Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida"gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi o‘rganildi.
O‘rganish natijasida Konvensiyani ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bundan avvalroq O‘zbekistonda 1 million 200 mingta kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgani haqida xabar bergandik.