O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha revolyusion hujjatlar tayyorlanadi
2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazining rasmiy telegram kanalida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha revolyusion hujjatlar tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularda quyidagilar nazarda tutiladi:
➖ korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Unga kiritilganlarga bir qator cheklovlar o‘rnatiladi;
➖ 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi;
➖ manfaatlar to‘qnashuvi deb hisoblanadigan holatlar belgilanadi, ularga yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortiladi;
➖ korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
➖ kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini har 5 yilda rotatsiya qilish mexanizmi kiritiladi;
➖ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha vakolatlari kengaytiriladi.