O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni haqida ma’lumot berildi
OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. OIV epidemiyasi boshlangandan buyon 75 milliondan ortiq kishi u bilan kasallangan.
Respublika OISTga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yuldashevning ma’lum qilishicha, 2020 yilning 1 noyabr holatiga respublikamizda OIV infeksiyasi bilan yashovchilar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda.
Yurtimizda OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda.
Mamlakatimizda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 tasi tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PSR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Davlatimiz tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan ta’minlash uchun har yili 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda.