Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistondagi musobaqalar ham qoldirildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasi tomonidan pandemiya tufayli Indoneziya va O‘zbekistonda o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U-17 va U-20 Osiyo kubogi bahslari bekor qilindi. Biroq ushbu mamlakatlar mazkur chempionatlarning 2024 yilgi bahslariga mezbonlik huquqini o‘zlarida saqlab qoladi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi 2022 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi sanalari 13-25 sentyabrdan noma’lum muddatga qoldirildi.

Bundan tashqari, futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi hamda U-20 Osiyo kubogi ham bekor qilindi.

Shu yili 13-24 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bahslari 2022 yilning apreliga ko‘chirildi. Final bosqich uchrashuvlari esa 2022 yilning 25 sentyabridan 20 oktyabriga qadar o‘tkaziladigan bo‘ldi.