O‘zbekistondan 3 oyda qancha aholi xorijga ko‘chib ketdi?
2020 yil yanvar-mart oylarida mamlakatimiz bo‘yicha xorijga ko‘chib ketganlar soni 1906 kishini tashkil etdi.
Ushbu vaqt mobaynida mamlakat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 40,1 ming kishini (39,6 ming kishi respublika hududlaridan, 0,5 ming kishi xorijiy davlatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 41,5 ming kishini (39,6 ming kishi respublika hududlariga, 1,9 ming kishi xorijiy davlatlarga) tashkil etdi.
O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 34,1 foizi), Tojikiston (28,6), Rossiya (19,6), Qirg‘iziston (7,1), Ukraina (1,2) va boshqa mamlakatlar (9,4) hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijga ko‘chib ketganlarga nisbatan 64,8 foiz), Rossiya (29,2), Qirg‘iziston (0,9), Isroil (0,9), Tojikiston (0,8) va boshqa mamlakatlarga (3,4) to‘g‘ri keldi.