O‘zbekistonga yog‘ olib kirishda QQSdan ozod qilish muddati, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonunga ko‘ra:

- kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogironi bo‘lgan shaxslarga ham to‘lanadi (ilgari faqat I va II guruh nogironlariga to‘lanishi belgilangan);

- oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi. Ilgari 16 yoshgacha edi;

- o‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 18 yoshgacha edi;

- bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi. Ilgari jami 3 yildan ko‘p bo‘lmagan davr kiritilgan;

- avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

Shuningdek, quyidagilarning QQSdan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:

- O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

- o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.