“Family park"dan olingan 5,5 milliard so‘mdan ziyod manfiy QQS qaytarildi

Bu Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan “Family park" mas’uliyati cheklangan jamiyatida olib borilgan o‘rganish davomida aniqlandi.

Aniqrog‘i, asosiy vositalar importi va qurilish uchun ishlatilgan mahsulotlar hisobidan paydo bo‘lgan 5 milliard 850 million so‘mlik manfiy qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi korxona ixtiyoriga qaytarildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi 2636 ta korxona rahbarlari va bosh hisobchilarga amaliy yordam ko‘rsatilib, oylik va choraklik hisobotlarni elektron tarzda yuborish, onlayn nazorat-kassa mashinasidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar hamda imtiyozlar xususida tushunchalar berilgan.

shuningdek, “Golden food group pa" qo‘shma korxonasi va "Golden cake group" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 6 milliard so‘mlik bank krediti olishda ko‘maklashilgan.