50 ga yaqin korxonadan qo‘shilgan qiymat solig‘i undirilmagan. Nega? 

Viloyatning davlat byudjeti daromadlari 2021 yil 2-choragida 676,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Amalda ushbu reja 744,2 milliard so‘m (110,1 foiz) yoki 68,1 milliard so‘mga oshirib bajarilgan. Bu haqda viloyat Kengashi o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omov ma’lum qildi.

Mahalliy byudjetlarning daromadlar bo‘yicha belgilangan 593,2 milliardso‘m reja 688,7 milliard so‘mga yoki 116 foizga bajarilib, byudjetga qo‘shimcha 95,5 milliard so‘m tushum ortig‘i bilan ta’minlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra:

- Foyda solig‘iga belgilangan 37,9 milliard so‘mlik reja 50,8 milliard so‘mga (134,2 foiz),

- Aksiz solig‘i (yakuniy iste’mol) bo‘yicha belgilangan 43,5 milliard so‘mlik reja 45 milliard so‘mga (103,4 foiz),

- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga belgilangan 230,1 milliard so‘mlik reja 256,4 milliard so‘mga (111,4 foiz),

- Yuridik shaxslardan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan 26 milliard so‘mlik reja 33,1 milliard so‘mga (127,2 foiz),

- Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan solig‘iga belgilangan 8,3 milliard so‘mlik reja 8,4 milliard so‘mga (100,5 foiz),

- Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha belgilangan 23,8 milliard so‘mlik reja 23,8 milliard so‘mga (100,1 foiz),

- Jismoniy shaxslardan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan 28,3 milliard so‘mlik reja 30,1 milliard so‘mga (106,4 foiz) bajarildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘iga belgilangan 150,9 milliard so‘mlik reja 146 milliard so‘mga (96,7 foiz) bajarilmadi. Chunki Payariq tumanidagi “Payariq klaster” MChJning 2,6 milliard so‘m, Ishtixon tumanidagi “Mitan paxta tozalash” MChJning 1,3 milliard so‘m, Paxtachi tumanidagi “Ziyovuddin tekstil” MChJning 1 milliard so‘m, viloyat “Issiqlik manbai” korxonasining 605 million so‘m va shu kabi 48 ta korxonaning 9,8 milliard so‘m soliq qarzdorliklari yetkazib berilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag‘ to‘lab berilmaganligi natijasida undirilmasdan qoldi. Biroq, viloyatdagi yirik soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha 2021 yilning 2-choragida belgilangan rejani ortig‘i bilan bajarganligi hisobiga mahalliy byudjetga qo‘shimcha 20,6 milliard so‘m tushum ta’minlandi.