O‘zbekistonlik ayollar nega Suriya va Iroqqa borganligi oshkor etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va minaqalararo tadqiqotlar instituti eksperti Baxtiyor Bobojonov o‘zbekistonlik ayollar Siriya va Iroqdagi jang ketayotgan hududlarga nega borganligi haqida gapirib berdi, deya xabar qiladi Podrobno.uz.

- Suriyaga ketgan ayollarning 60 foizi 2016-2017 yilda, ya’ni o‘sha davlatda urush ketayotgan payt shu davlatga jo‘nab ketgan. Urush ketayotgan hududga borish uchun jiddiy sabablar mavjud bo‘lishi kerak. Turli xalqaro forumlarda ushbu yurtlarga ketish sabablari sifatida bizning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarimiz, ijtimoiy tuzilmaning yo‘qligi, diniy ehtiyojlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli sharoitning mavjud emasligida deb ko‘rsatmoqda, - dedi institut vakili Toshkentda shu masala yuzasidan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada. - Mujohidlar va ularning rafiqalari bilan o‘tkazilgan so‘rovda ular bu faktor bilan bog‘liq bo‘lmagan fikrlarni keltirishdi. IShID mafkurasi targ‘iboti bunchalik samarador bo‘lishi to‘g‘risi, hech kimning xayoliga ham kelmagandi. Tabiiyki, mazkur mafkuraning muvaffaqiyatida diniy qahramonlik ham muhim rol o‘ynagan. Hozirda esa mazkur g‘oyalar asosan kontrabanda yo‘li orqali singdirilmoqda.

Ushbu mafkuraning yutuqli tomoni nafaqat ertakdagi singari xalifatni, balki davlat va boshqa organlar faoliyatidagi xatoliklarni mohirlik bilan targ‘ib etish orqali sodir bo‘lgan.

“Bizni aldab, o‘limga mahkum etishdi” – Suriyaga borgan ayollarning qariyb barchasi shu fikrni ta’kidlashdi. O‘zbekistonlik ayollardan biri Mosulda jangari va ularning qo‘mondonlari ayollar va bolalarni bemalol bombalar ostida o‘lish uchun tashlab ketganini aytib berdi. Ular bu shahardan faqat arablarni olib, qolganlarni tashlab ketishgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini qoldirishmagani yetmagandek, insonparvarlik yo‘lagi tashkil etilganda, ularni bu shahardan chiqishiga ruxsat ham berishmagan.

Bu hodisa uning ilgari o‘zi ishongan xalifat haqidagi xayollarini sarobga aylantirgan. Bu juda azobli  ruhiy shokdir.

Ayollar baxtli, farovon xalifat haqidagi g‘oyalar sarob ekani. Ushbu xalifatda islomning mavjud emasligi, Amir hamda xalifat a’yonlari faqat urush orqali yashayotgani, bolalar zo‘rlanganini afsus bilan aytib o‘tishdi. Ushbu faktlar bugun ko‘pchilikka yaxshi ma’lum.

Shuningdek, ekspert so‘rov ishtirokchilarining fikriga tayanib, IShIDga ko‘pchilik ayollar turmush o‘rtog‘i, otasi, akasi yoki qarindoshlari ta’siri ostida borganini ta’kidladi.

- Yana bir faktlardan biri bu ta’lim tizimi bilan bog‘liq, - dedi Baxtiyor Bobojonov. - So‘rovchilarning aksariyati maktablarda uch bahoga o‘qigan. Qoniqarsiz ta’lim olgan qizlar yetarlicha dunyoqarashga ega bo‘lmagani, nimalar sodir bo‘layotganini bilmagani holda kimlargadir ergashib ketavergani ma’lum bo‘ldi. Yetarli bilimga ega bo‘lmaslik ham atrofdagi voqealarni real baholash qobiliyatidan mahrum qilgan.

Ekspertning fikriga ko‘ra, yana bir muhim jihat – ketganlarning aksari o‘ziga to‘q oila vakillari. Ular nega turmush o‘rtoqlarining ortidan ushbu davlatlarga otlangan? Bu yerda tayyoriga ayyorlik psixologiyasi yaxshi ish bergan, nazarimizda. U yoqqa ketgan biror ayol ishlamagan. Ularning barchasi ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘i qaramog‘ida bo‘lgan. Shuning uchun otasi yoki eri nima desa shuni bajargan.