O‘zbekistonlik doya ayol Istanbulda katta miqdordagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

Istanbuldagi oilalardan birida doyalik qiladigan o‘zbekistonlik ayol katta miqdordagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda rusturkey.com.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan qimmatbaho zargarlik buyumlarining bahosi 6,5 ming dollar va 1 ming dollarga teng miqdorda.
Bir oy mobaynida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Maftuna Shodiyeva 16 ming dollarlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
Kuzatuv kameralarida o‘g‘irlikdan so‘ng uning qachon binodan chiqib ketgani yozib qolingan.