O‘zbekistonlik kinolog rekord o‘rnatdi
Beshinchi xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiyaning Moskva viloyati Dmitrov shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning Dog biatlon (individual poyga) sharti bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departament xabar berdi.
Unda O‘zbekistonning “Sodiq do‘st” jamoasi muvaffaqiyatli qatnashmoqda. 3200 metrli masofada joylashgan to‘siqlarda o‘zbekistonlik kinologlar o‘z mahoratini yaqqol namoyish etgani bunga misoldir.
Xususan, katta leytenant Shodiyor Shomurodov o‘z xizmat iti bilan barcha to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi shart bo‘yicha to‘siqlardan 13 daqiqayu 3 soniyada marraga yetib kelib, rekord o‘rnatdi.
Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Jazoirdan ayollar va DOSAAF jamoalari ishtirok etayotgan musobaqaning birinchi bosqichida yurtdoshlarimiz hozircha 3-o‘rinda ketmoqda.
Hali oldinda himoya xizmati (shartli qoidabuzarni ushlash), 300 metrli to‘siqli yo‘lakdan o‘tish, qurollardan nishonni mo‘ljalga olish shartlari turibdi.