O‘zbekistonliklar 3 milliard dollarlik kredit olib ulguribdi
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 26,7 trln. so‘mni (taxminan 3 mlrd. 158 mln. dollar) tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 82 foiz va joriy yil boshiga nisbatan 9 foiz o‘sgan, deb yozmoqda minbar.uz.
Bu haqda Markaziy bankning choraklik hisobotida ma’lum qilingan.
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida muammoli kreditlar 65 mlrd. so‘mga ($7,7 mln.) yetgan. Ya’ni 2019 yilning o‘tgan davrida 38 mlrd. so‘mga ($4,5 mln.) yoki 1,4 barobar oshgan.
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda muammoli kreditlar ulushi past darajada bo‘lib, ular 0,2 foizga teng.