O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi qariyb 45 milliard dollarga yetdi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd. AQSh dollaridan oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 foizga oshgan.

Bunda eksport 17,7 mlrd, import esa 27, mlrd. AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Hisobot davrida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida dastlabki "beshtalik"dan – Xitoy (9,5 mlrd. dollar), Rossiya (7 mlrd. dollar), Qozog‘iston (3,2 mlrd. dollar), Turkiya (2,4 mlrd. dollar) va  Koreya (1,7 mlrd. dollar) davlatlari joy olgan.

Yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar qatoriga – Turkmaniston (830,3 mln. dollar), Germaniya (784,2 mln. dollar) hamda Qirg‘iziston (754 mln. dollar) kabi davlatlar ham kiradi.