“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali yurtimiz bo‘ylab sayohatga chiqdi

“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy sayohatlar uyushtirdi, ya’ni filialning 75 nafar xodimi Toshkent shahriga sayohat qildi.

Sayyohlar sayohat davomida Mustaqillik maydoni, Xotira maydoni, Hazrati Imom ziyoratgohi, Katag‘on qurbonlari xiyoboni, Minor masjidi, «Oqsaroy» qarorgohi Islom Karimov muzeyi, Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekiston tabiati nechog‘li go‘zal va betakror ekanini tushunib olish uchun Chimyon tog‘larida bo‘ldilar.

Shuningdek, filialning 47 nafar xodimlari uchun Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.

Tarixiy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishuv barchada katta taassurot qoldirdi.

Bunday sayohatlar ishchi-xodimlar mehnat faoliyatiga unum bag‘ishlashi barobarida Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘usi, tarixiy merosni asrab-avaylashga bo‘lgan hisni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

N.Mahmudova,

“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali

kasaba uyushma qo‘mitasi raisi.