Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«O‘zgidromet»: hafta davomida issiq ob-havo kutilmoqda

«O‘zgidromet» markazi xabariga ko‘ra, ertaga 23 aprel kuni mamlakat bo‘ylab issiq ob-havo kuzatiladi. Ayrim hududlarda harorat 30 darajaga yetadi.

24-26 aprel kunlari respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Harorat asosan kechalari +13...+18 daraja, kunduz kunlari +24...+29 daraja bo‘ladi.

22-26 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat ko‘tarilishi hisobiga baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. 23 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.