O‘zLiDeP; “Har bir oila o‘z uyiga ega bo‘lsin”
Nurobod tumani Janubiy kon boshkarmasi Madaniyat saroyida O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov partiyaning saylovoldi dasturidan sohalar kesimida ma’lumotlar berdi.
Ta’kidlanganidek, dasturda “Har bir oila o‘z uyiga ega bo‘lsin” degan shior amalga tatbiq etiladi. Kelgusi yillarda qo‘shimcha uy-joy qurilishi sohasiga 15 milliard dollar mablag‘larni yo‘naltirish orqali 1 million xonadonli uy-joylar qurilishiga alohida e’tibor qaratilishi hamda uch va undan ortiq farzandi bor 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga uy-joy sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratilishi va yangi uy-joy sotib olgan fuqarolarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi qaytarib beriladigan tizim joriy etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tadbirda Oliy majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan ishtirokchilar dasturiy maqsad vazifalari bilan tanishtirdilar.
- Maosh oluvchi fuqarolarni mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobarigacha daromad solig‘idan ozod etilishi va nogiron shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi, - deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga nomzod Anvar Murodov. - Nogironlikni belgilash jarayonlarini soddalashtiriladi va sarsongarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi, tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari bemor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tizimdan olishi va elektron rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, oilasidagi nogiron shaxsga qarovchi ehtiyojmand insonlarga ish haqi to‘lash tizimini joriy qilish har ikkisi manfaatiga xizmat qiladi. Biz nogironligi bo‘lgan shaxslarni biznesga jalb qilib, daromad topishga o‘rgatgan tadbirkorlarga yengilliklar berish tartibini kengaytirish masalalari keyingi besh yillikda jadallashtirilishi qayd etildi.
Shuningdek partiya faollari fuqarolarga O‘zLiDeP saylovoldi dasturidagi muhim vazifalar flayer, buklet va tarqatma material shakliga keltirilib tarqatildi. Keng jamoatchilik vakillariga 5 maqsad va 500 vazifani o‘z ichiga qamrab olgan partiya saylovoldi dasturi mazmun-mohiyati haqida lo‘nda, xalqona tilda tushunchalar berildi.