O‘zLiDeP tazyiq, zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar muammolarini hal qildi
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”, Samarqand viloyat reabilitatsiya va viloyat xotin-qizlarining tadbirkorlik markazlari hamkorligida Qo‘shrabot, Oqdaryo va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “O‘zLiDeP 17 yoshda - 17 ming oilaga saxovat va ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda jamiyatda ayollar mavqeini oshirish, ularning ijtimoiy himoyasi, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va tazyiq, zo‘ravonlikdan himoyalash, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qisqa o‘quv kurslariga jalb qilish barobarida ular bandligini ta’minlash e’tibor markazida bo‘ldi.
Targ‘ibot tadbirlarida xotin-qizlarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlar aniqlanib, "Ayollar daftari"ga kiritish bo‘yicha takliflar berildi va ular bilan tizimli, manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilishi borasida sohalar mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvlar chog‘ida ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, "Ayollar daftari"ga kiritilgan va bugungi kunda tazyiq, zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida soha xodimlari bilan birga xonadonlarga tashrif buyurilib, ikkita nizoli oila yarashtirildi va bir nafar ayolga himoya orderi berildi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi matbuot xizmati.