Parij-2024: Bugun qaysi sportchilarimizga muxlislik qilamiz?

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha yengil vaznli juftlik samarqandlik Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev tandemi o‘z guruhida marraga beshinchi bo‘lib keldi va finalga chiqa olmadi. Ammo sportchilarimiz bugun o‘tish bosqichida ishtirok etadi.

Bugungi bahs ishtirokchilari bilan tanishing:

13:00 dan so‘ng. Dzyudo (57 kg). Shukurjon Aminova - Zuleyxa Dabonne (Kot d’Ivuar), (1/16 final)

13:00 dan so‘ng. Dzyudo (73 kg). Murodjon Yo‘ldoshev - Daniyar Shamshayev (Qozog‘iston), (1/16 final)

13:25. Qilichbozlik (sablya). Zaynab Dayibekova - Yu Jinsu (Koreya Respublikasi), (1/16 final)

13:40. Akademik eshkak eshish. Yengil vaznli juftlik (o‘tish bosqichi). Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev)

14:28. Suzish (800 metrga erkin usulda). Ilya Sibirsev, (saralash, 1-guruh)

15:04. Boks (63,5 kg). Ruslan Abdullayev - Migel Ramires (Meksika), (nimchorak final)

20:06. Boks (+92 kg). Bahodir Jalolov - Omar Shiha (Norvegiya), (nimchorak final).