Parij-2024: Bugun to‘rt nafar samarqandlik sportchi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi
Bugun yozgi Olimpiya o‘yinlarining beshinchi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 4 sport turida 8 nafar atlet bilan ishtirok etadi. Ular orasida samarqandlik Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev (eshkak eshish), Davlat Bobonov (dzyudo), Amirxon Sodiqov (kamondan otish) ham bor.
Bugungi bellashuvlar jadvali:
12:30 Akademik eshkak eshish. Yengil vaznli qayiqlar, juftlik. Shahzod Nurmatov/Sobir Safaraliyev;
13:00 Dzyudo (-90 kg). Davlat Bobonov - Aram Grigorian (BAA);
13:00. Dzyudo (Ayollar o‘rtasida) (-70 kg) Gulnoza Matniyazova - Mung Song Hui (Shimoliy Koreya);
14:00 Boks. Abdumalik Xalokov - Nebil Ibrahim (Shvetsiya) (-57 kg);
15:00 Kamondan otish (yakkalik bahslar). Amirxon Sodiqov - Mario Jajarabilla (Argentina)
15:00 Kamondan otish. Ziyodaxon Abdusattorova - Mariye Xorakova (Chexiya);
19:20 Boks. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Omar Elavadi (Misr) (-71 kg).
Eslatib o‘tamiz: Parijdagi Olimpiadada Yaponiya hamon yetakchi, Xitoy (+1) va Avstraliya (+1) keyingi o‘rinlarga ko‘tarildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hozircha yagona bo‘lib turgan “oltin” medali bilan jadvalda 16-o‘rinda bormoqda.
Qo‘shnilarimiz orasida Qozog‘iston 12-o‘rinni saqlab turgan bo‘lsa, Tojikiston kecha ilk medilani qo‘lga kiritdi va hozirda 35-o‘rinda bormoqda.