Parij musulmon davlatlarida Fransiya mahsulotlariga e’lon qilingan boykotni to‘xtatishni talab qildi

“Musulmon davlatlari Fransiya mahsulotlariga e’lon qilingan boykotni zudlik bilan to‘xtatishi kerak”, degan talab bilan murojaat qildi  Fransiya tashqi ishlar vazirligi. Bu haqda 26 oktyabr kuni Lenta.ru nashri xabar berdi.

Diplomatlar so‘nggi kunlarda bir qator Yaqin Sharq mamlakatlarida fransuz mahsulotlarini, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlar paydo bo‘lganini ta’kidladi.

“Bunday chaqiriqlar asossiz va ularni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Shu jumladan, radikal kamchilik o‘z maqsadi yo‘lida qo‘llayotgan, Fransiyaga nisbatan otilayotgan toshlar ham asossiz”, deb ta’kidladi Fransiya TIV.

Bir muddat ilgari Qatar do‘konlaridan fransuz mahsulotlari olib tashlanganligi haqida xabar berilgan edi. Bunday bo‘lishiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Parij chekkasida tarix fani o‘qituvchisining o‘ldirilishi soyasida islom haqida bergan bayonoti sabab bo‘ldi. Rossiyaning Moskva shahrida tug‘ilgan, chechen millatiga mansub Abdullahan Anzorov o‘qituvchi tanasini boshidan judo qilganidan so‘ng Makron mamlakatning dunyoviy qadriyatlarini radikal islomdan himoya qilishga va’da berdi. U shuningdek, islom din sifatida butun dunyoda inqirozga uchraganini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Makron Fransiyada islom separatizmiga qarshi kurash e’lon qildi va mahalliy musulmonlar Kengashlari bilan hamkorlikda mamlakatda “Ma’rifatli islom”ni barpo etishga zamin yaratadigan tashkilot tuzish zarurligi haqida so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Fransiyadagi islomni xorij ta’siridan ozod qilish va masjidlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini aytgan.