Past Darg‘omda haydovchilardan “o‘lpon” talab qilgan zo‘ravonlar qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning Qator terak mahallasida yashovchi X.Sh. va Juma shahri Sazag‘on mahallasida yashovchi J.Sh. mast holda «Juma avtoboshbekati»da kirakash J.B. bilan ularga yo‘nalishga chiqishi uchun pul to‘lamaganligini vaj qilib, janjal qilmoqchi bo‘lgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida janjalni tashkil qilmoqchi bo‘lgan shaxslar shu bekatda kirakashlik qiladigan haydovchilardan “o‘lpon” talab qilish bilan shug‘ullanishlari aniqlangan.

Shundan so‘ng, tadbir tashkil qilinib, janjal bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyga maxsus guruh bilan chiqilgan va holatga aloqador barcha shaxslar qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hozirda avtoturargohlarni noqonuniy ravishda egallab olib, haydovchilardan pul talab qilib kelayotgan guruhlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.