Past Darg‘omda qarzdor tadbirkor korxonasining 10,8 milliard so‘mlik mulkini auksion savdosiga chiqardi

Samarqand shahar iqtisodiy sudining qaroriga asosan “H. K.” xususiy korxonasidan undiruvchi “Ipoteka-Bank” ATIB foydasiga jami 948,7 ming AQSh dollari miqdorida kredit qarzdorligi muddatdan oldin undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.

- Olib borilgan ijro harakatlari davomida garovga qo‘yilgan qarzdor “H. K.” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan mulk auksion savdosiga chiqarildi, - deydi Byuroning viloyat boshqarmasi inspektori Firdavs Xalilov. - Ya’ni, qarzdorning Past Darg‘om tumani, Kimyogarlar mahallasida joylashgan, umumiy yer maydoni 29125,8 kv.m bo‘lgan kabel va kabel mahsulotlari ishlab chiqarish sexi binosi (yerdan foydalanish huquqi bilan) taraflar o‘rtasida 10,8 milliard so‘mga baholangan holda elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.