Past Darg‘omda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi
«O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish nazoratga olingan. Shu maqsadda Past Darg‘om tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida tumanning “S.Mallayev” massivida faoliyat olib borayotgan «Alibobo» fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lgan jami 0,15 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilishi oqibatida davlat manfaatlariga 169 mln. so‘m miqdorida zarar keltirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, «Do‘stlik» massivida faoliyat olib borayotgan «Chortut» fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lgan 40-konturdagi 68 bonitet balli, 0,25 gektar yer maydoni tumanning “Madaniy yurish” mahallasida yashovchi fuqaro A. G. tomonidan huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, shundan 460,4 kv.metr o‘lchamda uy-joy va beton poydevor qurilishi ishlarini amalga oshirganligi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 460,4 kv.metr yer maydoniga uy-joy va beton poydevor qurilishi ishlarini amalga oshirilishi natijasida yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilishi oqibatida davlatga 48 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritilishi ta’minlangan.
A.Xolbekov, «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.