Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi
Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
- Bu yilgi paxta mavsumida mehnat qonunchiligiga, Xalqaro mehnat tashkilotlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga qat’iy amal qilinadi, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi, - dedi B.Umrzoqov.
O‘tgan yillari majburiy va bolalar mehnati bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Biroq bu yil bunga jiddiy qaraymiz.
Paxta terimiga ishchilar shartnoma asosida, ko‘ngilli ravishda jalb qilinadi. Birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqarilmaydi.