Paxtachi tumani hokimi Yangi yil arafasida 105 yoshga kirgan onaxonning uyiga bordi

Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov Qarnobota mahallasida yashovchi, o‘zining 105 yoshini qarshi olayotgan Jumagul momo Saidova xonadonida bo‘lib, onaxonni Yangi yil bayrami bilan qutladi.
- Yana 10 kundan so‘ng 105 yoshga to‘laman, - dedi onaxon. – Ilohim yurtimiz tinch, Yangi yil barakali yil bo‘lsin! O‘tayotgan yildan rozimiz. Yil davomida biz keksalardan xabar olib turganlarga minnatdorlik bildiraman.
Shuningdek, tuman hokimi rahbarligida mutasaddilar 100 yoshli Oydin momo va Jumagul momo To‘rayeva hamda front ortida xizmat qilgan nuroniylar holidan ham xabar olib, bayram sovg‘alarini ulashdi.
Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati.