Paxtachidagi Qarnabota qishlog‘ida yashovchi yoshi ulug‘ insonlar holidan xabar olindi

Kecha, 25 dekabr kuni Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Turg‘unov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman kengash raisi M.Samandarov, imom-xatib I.Amirullayev va boshqalar Qarnabota qishlog‘iga tashrif buyurib, qishloqning 100 yoshdan oshgan mehnat faxriylari holidan xabar oldi.

- 15 kundan so‘ng 105 yoshga to‘laman, - deydi Jumagul momo Saidova. - Qarnabota qishlog‘ining kelasi yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilganini eshitib, xursand bo‘ldim. Qishlog‘imizdagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yaqinginada ta’mirdan chiqarildi, 350 xonadonga toza ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Bundan qishlog‘imiz aholisi juda xursand.